Lotin ↔ Kirill oʻgiruvchi
Oʻzbekcha matn va hujjatlarni lotin va kirill yozuvlari orasida oʻgiring.
Natija
Lotinchadan kirillchaga va kirillchadan lotinchaga oʻgirish
Bu vosita oʻzbekcha matnni lotin yozuvidan kirill yozuviga va aksincha bir zumda oʻgiradi, yoʻnalish avtomatik aniqlanadi. «Sh», «ch», «oʻ», «gʻ», «ts», «e» kabi harflar oʻzbek imlosi qoidalari va oʻzlashma soʻzlar hisobga olingan holda oʻgiriladi.
Matnni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻyish yoki Word (DOCX), TXT va Markdown faylni yuklash mumkin — Word hujjatida shrift, jadval va rasmlar oʻz holicha qoladi. Inglizcha va ruscha soʻzlarni saqlash, istisno soʻzlar roʻyxati va eski lotin yozuvini yangi alifboga (ö, ğ, ş, ç) oʻtkazish sozlamalari bor. Havola, email va kod boʻlaklari hech qachon buzilmaydi.
Matnni lotindan kirillga qanday oʻgirish mumkin?
- Matnni maydonga yozing yoki qoʻying — natija darhol yonida chiqadi.
- Kerak boʻlsa, yoʻnalishni tanlang: Avto, Lotin → Kirill, Kirill → Lotin yoki Eski alifbo → Yangi alifbo.
- Hujjatni oʻgirish uchun «Fayl» boʻlimiga oʻtib, DOCX, TXT yoki MD faylni tanlang.
- Natijani nusxalang yoki oʻgirilgan faylni yuklab oling.
Koʼp soʻraladigan savollar
Yoʼq. Faqat matn oʻgiriladi: shriftlar, uslublar, jadvallar va rasmlar oʻz holicha qoladi.
«Chet soʻzlarni saqlash» sozlamasini yoqsangiz, inglizcha va ruscha soʻz hamda jumlalar oʻgirilmaydi. Muayyan soʻzlarni (masalan, kompaniya nomini) istisnolar roʻyxatiga qoʻshish ham mumkin.
Ha. «Eski alifbo → Yangi alifbo» yoʻnalishi mavjud lotin matnini yangi harflarga oʻtkazadi: oʻ → ö, gʻ → ğ, sh → ş, ch → ç.
Ha, butunlay bepul va cheklovsiz. Matn va fayllar brauzeringizda oʻgiriladi, hech qayerga yuborilmaydi.