PDF birlashtirish
Bir nechta PDF faylni bitta hujjatga birlashtiring — sahifalarni sudrab tartiblang.
Faylni bu yerga tashlang yoki tanlang
PDF · Drag & Drop, tanlash yoki Ctrl+V
PDF fayllarni onlayn birlashtirish
Bir nechta PDF faylni bitta hujjatga jamlash kerakmi? Masalan, ariza, pasport nusxasi va diplomni bitta faylda yuborish uchun. Fayllarni tanlang — ularning barcha sahifalari bitta roʻyxatda koʻrinadi va ularni sudrab istalgan tartibga keltirish mumkin.
Birlashtirishdan oldin alohida sahifalarni burish, nusxalash yoki oʻchirish mumkin. Parol bilan himoyalangan PDF qoʻshilsa, parol soʻraladi. Birlashtirish brauzerda bajariladi: fayllar serverga yuklanmaydi, shuning uchun maxfiy hujjatlar ham xavfsiz qoladi.
PDF fayllarni qanday birlashtirish mumkin?
- «Fayl tanlash» tugmasini bosing va ikki yoki undan ortiq PDF faylni belgilang (yoki ularni sahifaga tashlang).
- Sahifalarni sudrab kerakli tartibga keltiring; ortiqcha sahifalarni oʻchiring yoki buring.
- Yana fayl kerak boʻlsa, «Fayl qoʻshish» tugmasidan foydalaning.
- «Birlashtirish va yuklab olish» tugmasini bosing — bitta PDF fayl saqlanadi.
Koʼp soʻraladigan savollar
Fayllar soniga qatʼiy cheklov yoʻq. Amalda bu qurilmangiz xotirasiga bogʻliq; bitta fayl uchun tavsiya etilgan chegara 100 MB.
Yoʼq. Sahifalar qayta kodlanmasdan koʻchiriladi va umumiy resurslar takrorlanmaydi, shuning uchun natija odatda manba fayllar hajmlari yigʻindisiga yaqin boʻladi. Kerak boʻlsa, uni «Hajmni kamaytirish» vositasi bilan siqing.
Ha. Sayt Android va iPhone brauzerlarida ishlaydi: fayllarni telefon xotirasidan yoki Telegram yuklamalaridan tanlab, bir necha soniyada birlashtirasiz.
Avval rasmlarni «Rasm → PDF» vositasi bilan PDFʼga oʻtkazing, soʻng hosil boʻlgan faylni boshqa PDFʼlar bilan shu yerda birlashtiring.