Word → PDF
Word hujjatini (DOCX) PDF ga oʻgiring.
Faylni bu yerga tashlang yoki tanlang
Word hujjati (.docx)
Word hujjatini PDFʼga oʻtkazish
Word → PDF vositasi DOCX formatidagi hujjatni PDFʼga aylantiradi. Matn, sarlavhalar, roʻyxatlar, jadvallar va rasmlar saqlanadi. Microsoft Word yoki boshqa ofis dasturi oʻrnatilgan boʻlishi shart emas — konvertatsiya brauzerda bajariladi.
Ariza, rezyume, referat yoki kurs ishini PDF qilib yuborish kerak boʻlganda qulay: PDF barcha qurilmalarda bir xil koʻrinadi va tasodifan tahrirlanib qolmaydi. Fayl serverga yuklanmaydi.
Word faylni qanday PDF qilish mumkin?
- DOCX faylni tanlang yoki sahifaga tashlang.
- Saqlash usulini tanlang: «Chop orqali» (matn tanlanadi) yoki «Tezkor PDF».
- «PDF sifatida saqlash»ni bosing va chop etish oynasida «PDF sifatida saqlash»ni tanlang.
Koʼp soʻraladigan savollar
Yoʼq, faqat DOCX qoʻllab-quvvatlanadi. .doc faylni Word yoki boshqa dasturda «Boshqacha saqlash» orqali DOCX qilib oling.
Ha: shriftlar, oʻlcham va ranglar, tekislash, sahifa oʻlchami va chetlari, kolontitullar va sahifa raqamlari, jadvallar, roʻyxatlar va rasmlar Wordʼdagidek saqlanadi. Hujjatdagi shrift qurilmangizda boʻlmasa, unga mos shrift ishlatiladi. Matn qutilari va murakkab chizmalar soddalashtirilgan koʻrinishda chiqishi mumkin.
Ha, sayt mobil brauzerlarda ham ishlaydi. Androidʼda chop etish oynasida «PDF sifatida saqlash»ni tanlang.
Ha, buning uchun «Lotin ↔ Kirill» vositasidan foydalaning: u DOCX faylni formatlashni buzmasdan oʻgiradi, soʻng natijani shu yerda PDF qilish mumkin.