PDFʼga imzo qoʻyish
Imzoni chizing, yozing yoki rasmini yuklang va sahifaga joylang — hammasi brauzeringizda.
Faylni bu yerga tashlang yoki tanlang
PDF · Drag & Drop, tanlash yoki Ctrl+V
PDF hujjatga onlayn imzo qoʻyish
Shartnoma, ariza yoki dalolatnomani chop etib, imzolab, qayta skanerlash shart emas. Imzoni sichqoncha yoki barmoq bilan chizing, ismingizni yozing yoki qogʻozdagi imzo suratini yuklang — oq fon avtomatik olib tashlanadi.
Imzoni istalgan sahifaning kerakli joyiga qoʻying, sudrab koʻchiring va burchagidan kattalashtiring; bir hujjatga bir necha marta qoʻyish mumkin. Imzo va fayl serverga yuborilmaydi; xohlasangiz imzo faqat shu qurilmada saqlanadi.
PDFʼga qanday imzo qoʻyiladi?
- PDF faylni tanlang.
- «Imzo yaratish»ni bosing: chizing, yozing yoki rasm yuklang.
- Sahifaning imzo turishi kerak boʻlgan joyini bosing, kerak boʻlsa sudrab va kattalashtirib moslang.
- «Saqlash va yuklab olish» tugmasini bosing.
Koʼp soʻraladigan savollar
Yoʻq. Bu qoʻlda qoʻyilgan imzoning tasviri — u hujjatni chop etib imzolash bilan teng. Yuridik ahamiyatga ega elektron hujjat uchun E-IMZO kabi ERI xizmatlaridan foydalaning.
Faqat «Shu qurilmada eslab qolish» belgilansa — va faqat sizning brauzeringizda. Uni istalgan vaqtda oʻchirish mumkin.
Ha. Har bir kerakli sahifani bosing — imzo har biriga qoʻyiladi, faylga esa bir marta yoziladi.