PDFʼga suv belgisi qoʻyish
Har bir sahifaga matn yoki logotip qoʻying — bir yoki bir nechta faylga birdaniga.
Faylni bu yerga tashlang yoki tanlang
PDF · Drag & Drop, tanlash yoki Ctrl+V
PDF faylga suv belgisi qoʻyish
Suv belgisi hujjat kimga tegishli ekanini yoki uning maqomini («MAXFIY», «NAMUNA», «QORALAMA») koʻrsatadi va ruxsatsiz tarqatishni qiyinlashtiradi. Matn har qanday yozuvda — lotin, kirill, oʻzbekcha ʻ belgisi bilan — toʻgʻri chiqadi.
Matn yoki logotip (PNG, JPG, WEBP) tanlang, rangini, burchagini (gorizontal yoki diagonal), oʻlchami va shaffofligini sozlang hamda sahifadagi 9 ta joydan birini belgilang. Suv belgisi faylga bir marta yoziladi va barcha sahifalarda ishlatiladi, shuning uchun hajm deyarli oshmaydi.
PDFʼga suv belgisi qanday qoʻyiladi?
- Bir yoki bir nechta PDF faylni tanlang.
- Matn yozing yoki logotip rasmini tanlang.
- Joylashuv, oʻlcham, shaffoflik va burchakni sozlang — natija sxemada darhol koʻrinadi.
- «Suv belgisi qoʻyish» tugmasini bosing va faylni yuklab oling.
Koʼp soʻraladigan savollar
Suv belgisi sahifa mazmuniga qoʻshiladi, uni oddiy PDF oʻquvchida oʻchirib boʻlmaydi. Asl faylingiz esa oʻzgarmaydi — natija yangi fayl sifatida saqlanadi.
Ha. Matn rasm sifatida chiziladi, shuning uchun har qanday yozuv va belgilar aynan ekrandagidek chiqadi.
Ha. Suv belgisi shaffof qoʻyiladi, sahifadagi asl matn tanlanadigan va qidiriladigan boʻlib qoladi.