OCR — skanerdan matnni tanish
Skanerlangan PDF va rasmlarni qidiriladigan PDFʼga yoki matnga aylantiring — hammasi brauzeringizda.
Faylni bu yerga tashlang yoki tanlang
PDF yoki rasm (JPG, PNG, WEBP, TIFF)
Skanerlangan PDF va rasmlardan matnni onlayn tanish (OCR)
Skanerlangan hujjat yoki telefonda olingan surat — bu rasm: undagi matnni qidirib, nusxalab yoki tahrirlab boʻlmaydi. OCR (optik belgilarni tanish) matnni rasmdan oʻqib oladi. Oʻzbek tilining lotin va kirill yozuvlari (ʻ belgisi bilan), rus va ingliz tillari qoʻllab-quvvatlanadi.
Natija «qidiriladigan PDF» boʻlishi mumkin — asl sahifa oʻzgarmaydi, ustiga koʻrinmas matn qatlami qoʻshiladi, shu sababli hujjatda qidiruv va nusxalash ishlaydi. Yoki faqat matnni .txt fayl sifatida olasiz. Tanish Tesseractʼning aniq («best») modellari bilan bevosita brauzeringizda bajariladi.
Skanerlangan PDFʼdan matnni qanday olish mumkin?
- Skanerlangan PDF yoki rasm(lar)ni tanlang.
- Hujjat tilini belgilang (bir nechtasini ham tanlash mumkin).
- Natija turini tanlang: qidiriladigan PDF yoki matn.
- «Matnni tanish» tugmasini bosing va natijani yuklab oling.
Koʼp soʻraladigan savollar
Yoʻq. Faqat til modeli bir marta yuklanadi; tanish brauzeringizda bajariladi va fayl hech qayerga ketmaydi.
Oʻzbek (lotin va kirill), rus va ingliz. Aralash hujjat uchun bir nechta tilni birga belgilang.
Toza, tekis skanlarda juda yuqori. Xira, qiyshiq yoki past sifatli suratlarda xatolar koʻpayadi — iloji boricha 300 DPI va undan yuqori skan qiling.
Birinchi ishlatishda tanlangan til modeli (4–15 MB) yuklanadi. Keyingi safar u brauzerda saqlangan boʻladi.